Hays kechikish


Hayz, hayz sikli, oy koʻrish, menstruatsiya — balogʻatga yetgan qiz bolada va bola tugʻish yoshidagi ayollarda har 26—29 kunda, baʼ-zan 21—24 kunda (qisqa sikl) sodir boʻladigan biologik jarayon; H. siklida asosan tuxumdon va bachadonda oʻzgarish roʻy berib, bachadondan maʼlum miqdorda qon ketadi. H. koʻrish markaziy nerv sistemasi (bosh miya poʻstlogʻi, gipotalamus, gipofiz) tomonidan boshqariladi.

Gipotalamus — bosh miyaning asosiy qismi, ichki aʼzolar ishini boshqarib, tartibga solib turadi, u ajratgan neyrogormonlar gipofiz funksiyasini kuchaytiradi. Gipofiz ham, oʻz navbatida, ichki sekretsiya bezlari, xususan jinsiy bezlar (tuxumdon) funksiyasini kuchaytiradigan gormon ishlab chiqaradi. Tuxumdonda gipofizdan ajraladigan gormonlar taʼsirida tuxumhujayrali follikula (Graaf pufakchasi) oʻsadi va rivojlanadi. Follikula yetilayotganida bachadonga bevosita taʼsir etadigan maxsus jin-siy gormonlar (estrogenlar) ajratadi. Follikula yetilgach yorilib. undan yetilgan tuxumhujayra chiqishiga ovu-lyatsiya jarayoni deyiladi. Yorilgan follikula oʻrnida sariq tana — ichki sekretsiya bezi hosil boʻladi; sariq tanadan progesteron ajraladi.


Progesteron va estrogenlar taʼsi-rida bachadon shilliq qavati qalinlashadi, uning qon tomirlari kenga-yib. qon bilan toʻladi. Agar ayolning boʻyida boʻlmasa, sariq tana nobud boʻladi, bachadon shilliq qavatining funksional qismi parchalanib koʻchadi va H. koʻriladi. Keyinchalik shil-liq qavat yuzasi astasekin bitib, asli holiga keladi. Shunday qilib, tuxum-hujayra yetilishi davriy ravishda (har 21—25 kun, koʻproq 28 kunda) takrorlanib turadi.

Qiz bolaning birinchi H. koʻrishi, unda ikkilamchi jinsiy belgilar (mas, koʻkrak bezi toʻlishib, qov usti va qoʻltiqda tuk oʻsishi va boshqalar) yetilganidan keyin boshlanadi (qarang Balogʻatga yetish). Birinchi H. qoʻrish muddati qiz bolaning sogʻligʻi va turmush tarziga, shuningdek, turar joyi va iqlimga bogʻliqQizlarning H. koʻrishi kechiksa (15— 16 yoshgacha), albatta, ayollar maslahatxonasiga uchrashishi va tegishli mas-lahat olishi lozim. Oylik qon kelishi ayol organizmining (qiz bolaning) xususiyatlariga bogʻliq. H. koʻrish muddati boshida oʻzgaruvchan boʻlib, keyinchalik aniq bir vaqtga toʻgri keladi. Koʻpchilik ayollarda H. maʼlum kunlarda boshlanib, doim bir tekis, ogʻriqsiz kechadi, ayolning umumiy ahvoli deyarli oʻzgarmaydi, ular odatdagi yumushlarini bajaraverishlari mumkin, ammo ortiqcha toliqmasliklari, jismonan zoʻriqmasliklari, gigiyena qoidalariga rioya qilishlari kerak.
koʻrish vaqtida baʼzi ayollarning kayfiyati buzilib turadi, boʻshashadi, sut bezlari dagʻallashadi. H. koʻrish siklining oʻzgarishi organizmda biror-bir kasallik borligidan dalolat beradi. Shuning uchun har bir ayol maxsus hayz kalendari (oynomasi) tuzishi va unga H. kuni, muddati va boshqa maʼlumotlarni muntazam qayd qilib borishi lozim, shunday qilinsa, H. koʻrish siklining buzilishini oʻz vaqtida aniqtash mumkin. Homiladorlik va baʼzan bola emizish davrida ayol H. koʻrmaydi. Ayolning boʻyida boʻlmagan davrida qon koʻrmay qolishi (amenoreya) yoki ahyonda bir oz qon kelishi (gipomenstrual sindrom), bir necha kun koʻp qon kelishi (menor-ragiya), uning ogʻrikli boʻlishi (al-gomenoreya), shuningdek, H. qonidan tashqari bachadondan qon ketishi (met-rorragiya) biror kasallikdan darak beradi, uni oʻz vaqtida anikdab davolash talab etiladi. Bundan tashqari, ayrim ayollarda H. koʻrish oldi holati kuzatiladi; bunda ayol boʻshashadi, kay-fiyati oʻzgaradi, sut bezlari dagʻallashadi, boshi aylanadi, uyqusi buziladi, yuragi oʻynaydi, baʼzan yurak sohasida ogʻriq paydo boʻladi. Ayol organizmining normal funksional holati turmush tarzining bekamu koʻst boʻlishiga, qizlarni yoshligidan boshlab toʻgri tarbiyalash va parvarish qilishga bogʻliq. Bu gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya qilish, organizmni chiniqtirish, yaxshi ovqatlanish, mehnat va dam olishni toʻgʻri yoʻlgaqoʻyish, jismoniy mashqlarni bajarish, infeksion kasalliklardan saqlanish, agar kasallik roʻy bergudek boʻlsa, oʻz vaqtida davolatishdan ibo-rat.
uni nazarda tutish kerakki, qiz bola organizmi H. koʻrguncha unga asta-sekin tayyorlanib boradi, bunda organizmning bir-biri bilan bogʻliq boʻlgan aʼzo va sistemalari (ichki sekretsiya bezlari, yurak-tomir, nerv sistemasi va h.k.) ishtirok etadi, bu murakkab jarayonning hammasi H. siklining normal kechishida muhim rol oʻynaydi. Qiz bola organizmi balogʻatga yetish davrida hissiyotga toʻla, turli noxush omillarga nisbatan oʻta taʼsirchan boʻladi.

Asabiy va ruhiy buzilishlar, turmushdagi noxushliklar, jismoniy va aqliy jihatdan toliqish, shuningdek, ayrim infeksion kasalliklar H. siklining buzilishiga sabab boʻlishi mumkin. Shuning uchun bu davrda qiz bola bilan nihoyatda ehtiyot boʻlib muomala qilish, janjallashmaslik, oʻta toliqishga yoʻl qoʻymaslik zarur. Qizlar birinchi bor H. koʻrganida (bu hakda tasavvurga ega boʻlmasa) juda hayajonlanadi. Shuning uchun qiz bolani H. koʻri-shiga oldindan tayyorlab borish lozim. H. funksiyasining buzilishi va boshqa ginekologik kasalliklarning oldini olishda H. koʻrish vaqtidagi gigiyena qoidalariga amal qilish zarur. Vanna qilish, choʻmilish tavsiya etilmaydi, gigiyenik dush qabul qilish mumkin. Jismonan zoʻriqtiradigan mashqlar bilan shugʻullanmaslik kerak.[1]

Источник: uz.wikipedia.org

Hayz kechikishining asosiy sabablari


Menstruatsiya boshlanish kunining biroz muddatga o’zgarishi agar kechikish 5 kundan oshmasa normal holat sanaladi. Hayz boshlanishlari orasidagi normal muddat 28-35 kun hisoblanadi. Bu davomiylik ko’p asrlar davomida normal bo’lib qabul qilib kelingan. Sikl hayz ko’rishning birinchi kunidan boshlab, keyingi hayz boshlanish kunigacha bo’lgan kunlarni o’z ichiga oladi.

Hayz ko’rish kechikishining asosiy va eng keng tarqalgan sababi homiladorlik hisoblanadi. Shuning uchun, uzoq muddatli kechikishda eng birinchi qilish kerak bo’lgan vazifa — homiladorlik testi yordamida sinov o’tkazishdir. Agar test ijobiy natija bergan bo’lsa, unda homiladorlik tasdiqlanadi. Agar test salbiy natija ko’rsatsa, unda ginekologga murojaat qilish kerak, u kechikish sababini aniqlaydi va tegishli davolash usullarini tayinlaydi.

Menstrual disfunktsiyaning boshqa sabablari quyidagilar bo’lishi mumkin:

  • Ruhiy buzilishlar, ruhiy va nevrologik kasalliklar;
  • Vitamin yetishmasligi;
  • Semizlik;
  • Kasbiy zararli ta’sirlar;
  • Infektsion kasalliklar, yurak-tomir, qon hosil qilish tizimi va jigar kasalliklari;
  • Ginekologik jarrohliklar, siydik-tanosil yo’llari jarohatlari;
  • Jinsiy yetilish buzilishlari;
  • Menopauza davrida gormonal o’zgarishlar;
  • Irsiy kasalliklar.

Yuqoridagi omillar alohida yoki birgalikdagi ta’sirga ega bo’lishi mumkin, shuning uchun kechikishning sababini doimo ham aniqlab bo’lmaydi.

O’smir qizlarda

Birinchi hayz kelishidan so’ng dastlabki bir yoki ikki yil ichida o’smir qizlarda kamdan-kam hollarda barqaror sikl kuzatiladi. Ya’ni, hayz boshlanadigan kunlar orasidagi davr davomiyligi o’zgarib turadi.

Gap shundaki, dastlabki ikki yil ichida o’smir qizlar organizmida gormonal fon beqaror bo’ladi, kayfiyat tezda tushishi va ko’tarilishi mumkin, bu qondagi gormonlar darajasining pasayishi yoki ko’payishini anglatadi. Gormonlar «sakrashi» to’xtatishi bilan sikl o’z o’rniga tushadi.

Ginekologik kasallik va buzilishlarda

Hayz ko’rish kechikishining sababi gormonlar ishlab chiqarish uchun javob beradigan qalqonsimon bez faoliyatining buzilishi bo’lishi mumkin. Agar o’smirlik davrida bu normal holat sanalsa, katta yoshli ayollar uchun bu endokrinolog va ginekologga murojaat qilish uchun ko’rsatmadir.

Gormonal fon nomutanosibligi tuxumdon faoliyatining ishdan chiqishiga (disfunktsiya) olib keladi. Bunday kasallikni faqat shifokor davolashi mumkin.

Ayol ichki a’zolaridagi yallig’lanish jarayonlari, shuningdek turli xil etiologiyali o’smalar, endometrioz ham hayz ko’rish kechikishiga olib kelishi mumkin. Bunday holatda homiladorlik testi salbiy yoki soxta ijobiy natija berishi mumkin.


Polikistoz tuxumdon sindromi kabi kasallik ham sababchilar qatorida. Bu tuxumdonlarda ko’plab kistalar paydo bo’lishi tufayli jinsiy organlarning faoliyati buzilishi bilan ifodalanadigan hodisa. U ko’pincha ayol organizmida testosteron — erkak gormoni ko’payganligi sababli ro’y beradi. Bunda hayz bir necha oy muddatga yo’qolishi mumkin, ovulyatsiya yuz bermaydi.

Testosteron ortiqchaligini bemorning tashqi ko’rinishidan aniqlash mumkin. Bu ortiqcha vazn, tuklarning ko’payishi (oyoq, qo’ltiqlar, chov sohasi, lablarning ustida), yuz va bosh terisining yog’li bo’lishi bilan namoyon bo’ladi.

Bu o’zgarishlar o’z vaqtida tuzatilsa, tashqi ko’rinish va salomatlik holati to’liq me’yorga keladi. Shifokorga tashrifni keyinga qoldirish kasallik kuchayishi uchun zamin yaratadi va bepushtlikka olib kelishi mumkin.

Follikul yetilishining buzilishi

Follikul yetilishining buzish follikulning persistentsiyasi yoki uning atreziyasi shaklida bo’lishi mumkin.

  • Follikulning persistentsiyasi. Siklning 1-bosqichida follikul yetilib, ovulyatsiyaga tayyor bo’ladi. Bu vaqtda ovulyatsiyani rag’batlantiradigan gipofiz bezining lyuteotrop gormoni (LG) miqdori ortadi. Follikulning persistentsiyasida LG miqodir ko’paymaydi va follikulning yorilishi yuz bermaydi, follikul mavjud bo’lishda davom etadi. Bunda organizmda estrogen gormonal fon ustunlik qiladi.

  • Follikul atreziyasi. Follikul o’zining yakuniy rivojlanish bosqichiga qadar yetib bormaydi, balki yetilish bosqichlarida bujmayishga duch keladi. Odatda bunday holatlarda tuxumdonlarda bitta emas, balki ikkita follikul rivojlanadi. Ularning o’rnini keyingi ikkita follikul egallaydi, ular keyinchalik atreziyaga uchraydi. Bunday holda ham ovulyatsiya bo’lmaydi, organizmda estrogen gormonal fon qayd qilinadi.

Qoida tariqasida, ikkala holatda ham hayz kechikishi xarakterlidir (70-80% hollarda qon ajralishi kechikishdan keyin boshlanadi). 20% da — hayz ko’rish o’z vaqtida boshlanishi mumkin, ammo o’z vaqtida tugamaydi. Asosiy shikoyat — kechikish fonida qon ajralishi.

Tashxis shikoyatlar va anamnez (tibbiy anamnez), funktsional diagnostika testlari bo’yicha tekshirish (bir fazali bazal harorat va boshqalar) va endometriyning gistologik tekshiruvi asosida qo’yiladi.

Fiziologik sabablar

Hayz quyidagi fiziologik sabablarga ko’ra ham kechikishi mumkin:

  • Kuchli hissiy yoki jismoniy stress;
  • Turmush tarzidagi keskin o’zgarishlar, xususan ish faoliyati xarakteri, iqlim sharoitining o’zgarishi;
  • To’yib ovqatlanmaslik va qat’iy parhezlarga rioya qilish;

  • Balog’atga yetish yoki menopauza davrida gormonal o’zgarishlar;
  • Uzoq muddat gormonal kontraseptivlar qabul qilishdan so’ng ularni bekor qilish tufayli. Agar hayz kechikishi 2-3 sikl davomida kuzatilsa, ginekologga tashrif buyurish tavsiya etiladi;
  • Gormonlarning yuqori dozasini o’z ichiga olgan favqulodda kontratseptsiya vositalaridan (Eskapela, Postinora va boshqalar) foydalanish;
  • Tug’ruqdan keyingi davrda ona suti sekretsiyasi uchun javob beradigan va tuxumdonlarning siklik funktsiyasini bostiradigan gipofizning prolaktik gormoni ishlab chiqarilishi tufayli. Agar ayol emizmasa, hayz ko’rish tug’ruqdan keyin taxminan 2 oy o’tgach tiklanishi kerak. Emizish paytida esa bolani sutdan ajratgandan keyin hayz ko’rish tiklanadi. Ammo, agar hayz kechikishi bola tug’ilgandan keyin bir yildan ortiq muddatga cho’zilsa, ginekologga murojaat qilish tavsiya etiladi;
  • Shamollash (O’RVI, gripp), surunkali kasalliklar: gastrit, qalqonsimon bez funktsiyasi buzilishi, qanndli diabet, buyrak kasalligi va boshqalar, shuningdek, muayyan dori-darmonlarni qabul qilish tufayli.

Boshqa sabablar

Stress, qancha davom etishidan qat’iy nazar, hayz yo’qolishini keltirib chiqarishi mumkin. Gap shundaki, u miyada jinsiy faoliyatni nazorat qiluvchi funktsiyalar buzilishlariga olib keladi. Stressning kuchiga qarab, hayz bir necha yil davomida kuzatilmasligi mumkin.


Kechikish sababi homiladorlikning uzilishi bo’lishi ham mumkin. Abort paytida bachadon to’qimasi shikastlanishi yoki organizmda gormonal muvozanat buzilishi mumkin. Abort hayz qoni ombori hisoblanmish bachadonning ustki qavatini olib tashlash bilan tavsiflanadi. Uning qayta shakllanishi uchun bir oydan ko’proq vaqt kerak bo’ladi.

Oral kontratseptiv vositalar ba’zan hayz siklini tiklaydi, ba’zida esa aksincha. Agar ayol uzoq vaqt davomida kontraseptiv moddalarni qabul qilib kelayotgan bo’lsa yoki yaqinda qabul qilishni to’xtatgan bo’lsa, unda tuxumdonlar sust ishlashi mumkin. Bu ikki yoki hatto uchta sikl davomida hayz kelmasligiga olib kelishga qodir.

Sabablar orasida ba’zida tez va sezilarli darajada vazn yo’qotish ham o’rin tutadi. Tibbiyotda maxsus menstural massa mavjud. Agar ayolning vazni 45 kg dan pasayib ketsa, unda hayz sikli to’xtaydi. Organizm normal faoliyat ko’rsatish uchun shunchaki yetarli zaxiraga ega bo’lmay qoladi. Uchinchi darajali semizlik ham hayz sikliga o’z ta’sirini o’tkazadi.

Noto’g’ri ovqatlanish, organizmda vitaminlar yetishmasligi (xususan vitamin E), metabolik kasalliklar ham hayz ko’rish kechikishining keng tarqalgan sabablaridan biridir.

Источник: med360.uz

Normal hayz sikli


Hayz sikli davomiyligi joriy hayz kelishining (mensturatsiyaning) birinchi kunidan keyingi hayz kelishining birinchi kunigacha hisoblanadi. Individual fiziologiyaga ko’ra, hayz sikli normada 21 dan 30-35 kungacha bo’lgan muddatni tashkil qiladi, odatda 28 kun. Menstrual funktsiyaning yo’qolishi menopauza davrida — 45-50 yosh oralig’ida sodir bo’ladi.

Hayz siklining regulyatsiyasi miya po’stlog’i, gipofiz, gipotalamus, tuxumdonlar tomonidan amalga oshiriladigan va qin, bachadon va sut bezlari manfaati bilan olib boriladigan murakkab neyrogumoral mexanizm ta’siri ostida yuzaga keladi.

Gipotalamus-gipofiz tizimi tomonidan ajratiladian gonadotrop gormonlar — FSG, LG va LTG tuxumdonlarda o’zgarishlarini keltirib chiqaradi, bu tuxumdon sikli deb ataladi va quyidagi bosiqchlarni o’z ichiga oladi:

  • Follikulyar faza — follikulning yetilishi jarayoni;
  • Ovulyatsiya fazasi — yetilgan follikulning yorilishi va tuxum hujayraning chiqishi;
  • Progesteron (lyuteinli) faza — sariq tananing rivojlanishi jarayoni.

Hays kechikish

Menstruatsiya davrining oxirida, tuxum hujayra urug’lantirilmagan bo’lsa, sariq tana regressiya qiladi. Tuxumdonlarning jinsiy gormonlari (estrogenlar, gestagenslar) bachadonda tonus, qon ta’minoti, qo’zg’aluvchanlik, shilliq qavatdagi dinamik jarayonlarning o’zgarishini, ya’ni ikki bosqichdan iborat bachadon siklini chaqiradi:

  • Proliferatsiya fazasi — endometriy funktsional qatlamining tuzalishi, jarohatlangan yuzasi bitishi va uning keyingi rivojlanishi. Bu bosqich follikulning rivojlanish jarayoni bilan bir vaqtda sodir bo’ladi.
  • Sekretsiya fazasi — bachadon shilliq qavati funktsional qatlamining yumshashi, qalinlashishi va rad etilishi (deskvamatsiya). Funktsional qatlamning rad etilshi hayz ko’rish orqali namoyon bo’ladi. Vaqti bo’yicha bu bosqich tuxumdondagi sariq tananing rivojlanishi va nobud bo’lishiga to’g’ri keladi.

Shunday qilib, hayz sikli, odatda, ikki fazali hisoblanadi: tuxumdon siklining follikulyar va lyuteinli fazalari va ularga mos keladigan, bachadon siklining proliferatsiya va sekretsiya fazalari. Normada yuqorida aytilgan siklik jarayonlar ayol fertil yoshining butun davomida ma’lum vaqt oralig’ida qayta va qayta takrorlanib turadi.

Hayz siklining buzilishi sabablari

Menstrual siklning buzilishi kasallik emas, balki ichki a’zolar faoliyatida buzilishlar mavjudligi belgisidir.

Hayz funktsiyasi buzilishi sabablari turlicha bo’lishi mumkin, xususan:

  • Ginekologik kasalliklar (bachadon miomasi va saratoni, bachadon va ortiqlarining yallig’lanishi);
  • Og’ir ekstragenital kasalliklar (qon kasalliklari, endokrin tizim, jigar, markaziy asab tizimi kasalliklari, yurak poroklari);
  • Infektsiyalar;
  • Gipovitaminoz;
  • Yashash joyini keskin o’zgartirish;
  • Bachadonning travmatik shikastlanishi (instrumental manipulyatsiyalarda — abort va hokazo);
  • To’yib uxlamaslik;
  • Stress va ruhiy travmalar.

Siklning buzilishi boshqa a’zo va tizimlar tomonidan chaqirilishi ham mumkin, masalan:

  • Qisqa muddat ichida ko’p vazn tashlash;
  • Qandli diabet;
  • Gipertoniya;
  • Qalqonsimon bez patologiyalari;
  • Semizlik;
  • Buyrak usti bezi faoliyatida buzilishlar;
  • Ba’zi turdagi dori vositalarini qabul qilish.

Hayz buzilishi turlari

Hayz siklining buzilishi hayz ko’rish ritmi va intensivligining o’zgarishi bilan namoyon bo’lishi mumkin, masalan ular o’rtasidagi davrning uzayishi yoki qisqarishi, ajraladigan qon miqdorining oshishi yoki kamayishi, hayz ritmi o’zgaruvchanligi. Hayz siklining buzilishi quyidagi shaklda kechadi:

  • Amenoreya — hayzning 6 oydan ortiq vaqt davomida kelmasligi;
  • Gipermenstural sindrom:
    • gipermenoreya — hayz qonining ko’p bo’lishi;
    • polimenoreya — 7 kundan ortiq hayz ko’rish;
    • proyomenoreya — 21 kundan kam interval bilan tez-tez hayz ko’rish.
  • Gipomenestrual sindrom:
    • gipomenoreya — hayz qonining kam bo’lishi;
    • oligomenoreya — hayz muddatining qisqarishi (1-2 kundan ortiq bo’lmaydi);
    • opsomenoreya — 35 kun va undan ortiq muddatli juda uzoq intervallar bilan hayz ko’rish.
  • Algomenoreya — og’riqli hayz ko’rish;
  • Dismenoreya — umumiy buzulishlar (bosh og’rig’i, ishtahaning pasayishi, ko’ngil aynishi, qusish) bilan kechadigan hayz;
  • Algodismenoreya — mahalliy og’riqlar va umumiy ahvolning yomonlashishi bilan kechadigan hayz;
  • Ovulyatsiya va sariq tana yo’qligi bilan tavsiflanadigan neyroendokrin regulyatsiyaning buzilishi natijasida sodir bo’ladigan anovulyator (bir fazali) bachadondan qon ketish.

Bir fazali hayz siklida menstrual disfunktsiya follikul persistentsiyasi (follikulning ovulyatsiyasiz yetilishi va follikulyar kista rivojlanishi) yoki yetilmagan follikulning atreziyasi (degeneratsiyasi, bo’shliqqa aylanishi) tomonidan chaqirilgan bo’lishi mumkin.

Ginekologiyada ikki fazali hayz siklini aniqlash uchun muntazam ravishda ertalabki rektal (bazal) haroratni o’lchash usuli qo’llaniladi.

Ikki fazali hayz siklida, follikulyar fazada to’g’ri ichakdagi harorat 37 °C dan kam, lyufazada esa 37 °C dan yuqori bo’ladi va hayz boshlanishidan 1-2 kun oldin pasayadi.

Anovulyator (bir fazali) siklda harorat egrisi biroz o’zgarishlar bilan 37 °C dan kamroq ko’rsatkichlar bilan farqlanadi. Bazal haroratni o’lchash kontraseptsiyaning fiziologik usuli hisoblanadi. Bundan tashqari, ikki bosqichli hayz siklida turli vaqtlarda qindan olingan surtmalar sitologik tasvirida xarakterli o’zgarishlar kuzatiladi: «filament», «qorachiq» alomatlari va boshqalar.

Metorragiya, ya’ni hayz sikli bilan bog’liq bo’lmagan asiklik bachadondan qon ketishi ko’pincha ayol jinsiy tizimining o’smalar tomonidan shikastlanishiga hamrohlik qiladi. Hayz buzilishiga duch kelgan ayollar, albatta, buzilish sababini aniqlash uchun albatta ginekologga murojaat qilishlari kerak.

Ko’pincha, hayzning keyingi buzishlari homilaning rivojlanish davrida homila jinsiy a’zolarining joylashishi va differentsirovkasi bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Kimyoviy, medikamentoz moddalar, radiatsion vositalar, onaning infektsion kasalliklari qizlarda tuxumdonlar yetarli rivojlanmasligiga olib keladigan salbiy omillar sifatida xizmat qilishi mumkin. Shuning uchun hayz ko’rish disfunktsiyasining oldini olish homilaning antenatal (bachadon ichida) davrdan boshlanadi. To’g’ri ovqatlanish va sog’lom turmush tarzi, ayollar salomatligini kuzatib borishlari hayz buzilishini oldini olishga yordam beradi.

Hayz sikli buzilishini davolash

Hayz sikli buzilishini davolash kasallikning sabablarini bartaraf etishga qaratilgan bo’lishi kerak:

  • Infektsion va yallig’lanish jarayonlari maxsus tabletkalar va fizioterapevtik muolajalar bilan davolanadi.
  • Boshlang’ich gormonal buzilishlarda gormonal terapiya belgilanadi.
  • O’smalar mavjud bo’lganda jarrohlik aralashuvi talab etilishi mumkin.
  • Zaiflashgan organizmni qo’llab-quvvatlash uchun jismoniy tarbiya bilan shug’ullanish, ratsional ovqatlanish, vitaminlar yordam beradi.

Kuchli zo’riqishlar va og’ir mehnatda uzoq muddatli va to’laqonli dam olish kerak. Kamroq yurish talab etiladi, ammo to’shakka mixlanib olish ham kerak emas. Biroz jismoniy faollik baribir kerak.

Iqlimning o’zgarishi tufayli yuzaga kelgan buzilishda hech qanday qo’shimcha choralar qo’llanilmaydi. Organizm yangi sharoitga moslashishi bilan muammo o’zidan-o’zi bartaraf bo’ladi.

Shuni ta’kidlash kerakkki, hayz sikli 45 yoshdan keyin buziladigan bo’lsa, bu klimaks davridning boshlanishidan darak berishi mumkin.

Asoratlari

Ushbu buzilishni kichik muammo deb qabul qilmaslik kerak. Quyida nima sababdan shifokorga murojaat qilish kerakligining eng qisqa ro’yxati:

  • Nomuntazam sikl jiddiy anovulyatsiya bilan kechishi mumkin, bu natijada bepushtlikka olib keladi;
  • Tez-tez mesntrual qon ketishi jiddiy oqibatlarga olib keladi — doimiy charchoqdan tortib mehnat qobiliyatining to’liq yo’qotilishigacha;
  • Birlamchi kasallikni kech aniqlash uning rivojlanib ketishiga va salomatlikka jiddiy ziyon yetkazishiga sabab bo’ladi.

Quyidagi hollar kuzatilsa, shifokorga tashrif buyurishni kechga qoldirib bo’lmaydi:

  • Sikl buzilishi muntazam bo’lsa, ya’ni har safar u 5-7 kunga kech yoki erta kelsa;
  • Qizlarda 15 yoshida ham menarxe kuzatilmasa;
  • Qon ketishini eslatadigan hayz kuzatilsa. Normada bir menstruatsiyada 250 ml dan ko’p qon ketmasligi kerak. Bundan ko’pi — gormonal disbalans belgisi bo’lib, medikamentoz terapiya o’tkazishni talab qiladi.
  • Hayz ko’rishni boshlashdan 1-2 yil o’tib ham sikl o’rnatilmasa;
  • Ovulyatsiya vaqtida og’riqlar mavjud bo’lsa. Bu holat tuxumdonlarning yorilishi bilan xavf tug’diradi, biroq shifokor tomonidan tanlangan dori vositalari bilan osonlikcha tuzatiladi.

Oldini olish

Hayz sikli buzilishiga olib kelishi mumkin bo’lgan kasalliklar soni yetarlicha ko’p bo’lganligi sababli, profilaktik chora-tadbirlar ham har bir omilni oldini olishga qaratilgan bo’lishi kerak:

  • Tasodifiy jinsiy aloqalarni cheklash;
  • Kontraseptivlardan foydalanish;
  • Sog’lom va muvozanatli ovqatlanish;
  • Shifokor tavsiyasiga ko’ra vitamin komplekslarini qabul qilish;
  • Qizlarda hayz sikli buzilishini oldini olish uchun eng kamida 6 oyda bir marta ginekolog tekshiruvidan o’tib turish.

Parhezga amal qilish ham yaxshi samara beradi. Taomnomaga temir va oqsilga boy bo’lgan mahsulotlarni ko’proq kiritish kerak, birinchi navbatda go’sht. Ozish uchun mo’ljallangan parhezlar va mashg’ulotlar qat’iyan taqiqlanadi. Dietolog bilan maslahatlashish ortiqchalik qilmaydi.

Источник: mymedic.uz

Hayz nega kechikishi mumkin? Homiladorlikni kutayotgan ayolda hayz kechikayotganligi haqidagi xayol o'rnini hech narsa bosa olmasa kerak. Nahotki homiladorman? Lekin hayz kechikishiga nafaqat homiladorlik, balki boshqa faktorlar ham sababchi bo'lishi mumkin ekan. 1. Stress Stress hayotimizdagi ko'p narsaga ta'sir etishi mumkin. Shu qatorda hayz siklining buzilishiga ham. Ba'zida biz shunday kuchli siqilib stress olishimiz mumkinki, organizmda GnRH gormoni miqdori ko'payib ovulyasiya bo'lmasligi yoki hayz kelmasligiga olib kelishi mumkin. Stress holati o'tganda, hayz sikli odatda normallashadi. 2. Kasallik Og'ir yoki uzoq vaqt davom etgan kasallik ham hayz kelmasligini keltirib chiqarishi mumkin. Bu vaqtinchalik muammo bo'lib, kasallik davolangandan so'ng hayz sikli yana normaga tushadi. 3. Vaqt o'zgarishi Ma'lum bir mamlakatdan boshqa mamlakatda tez-tez safarga borib turgan ayollarda ham hayz sikli buzilishi mumkin. Bir mamlakatda tun bo'lib, boshqa mamlakatda shu payt kun bo'lishi ayol organizmi soatlarini biroz adashtirib yuboradi. Natijada kutilayotgan hayz sikli boshlanmaydi. 4. Dori vositalari Ba'zi dorilarning ta'siri natijasida hayz sikli o'zgarib ketishi yoki hayz umuman kelmasligi mumkin. Agar siz yangi dori vositasini qabul qilayotgan bo'lib, hayz siklingiz buzilib yoki hayz kuni kechikayotgan bo'lsa, u holda ichayotgan dorini almashtirish yoki to'xtatish to'g'risida shifokor bilan maslahatlashish talab etiladi. 5. Semirish Vaznning ortishi organizmda ma'lum gormonal o'zgarishlarni yuzaga keltiradi. Ortiqcha vazn natijasida hayz sikli buzilishi yoki umuman kelmasligi ham mumkin. Ko'pincha ayol ozishi natijasida hayz siklini normaga qaytadi. 6. Ozib ketish Keskin va qisqa vaqt ichida ozish natijasida hayz sikli normadan chiqib ketishi mumkin. 7. Menopauzadan oldin Bu davr ayolning tug'ish yoshidan tug'maydigan yoshga o'tadigan davrga aytiladi. Bunda hayz miqdori kamaygan bo'lib, davomiyligi qisqara boshlaydi. Undan tashqari hayz sikllar soni ham kamayib boradi. 8. Menopauza Menopauza davrida ayol hayz ham ko'rmaydi ovulyatsiya ham yuz bermaydi. Menopauza tabiiy ravishda ayolning yoshi 50dan oshganda va ba'zi kimyoviy operatsiyalar tufayli boshlanadi. 9. Adashish Hayz sikli har xil ayolda turlicha bo'ladi. Norma deb qabul qilingan 28 kunlik sikl hammada ham uchramaydi. Bir ayolda 26 kunlik sikl bo'lsa, boshqa ayolda hayz har 32 kunda ham kelishi mumkin. Ikkala holat ham normal hisoblanadi. Shuning uchun ba'zida ayol siklni noto'g'ri hisoblashi tufayli hayz kelishi kechikkandek tuyilishi mumkin. 10. Homiladorlik Nihoyat, hayz kelmayotganligining yana bir sababi — homiladorlikdir. Aynan homiladorlik yuz berganda hayz kelmaydi.

Источник: ok.ru

Ayollar ko‘pincha hayz siklining buzilish bilan akusher-ginekologlarga murojaat etishadi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bu kasallik ayollarning 35 % izida kuzatiladi. Bundan tashqari, 70 % ayollarda umri davomida bir marta bo‘lsa ham hayz siklining buzilishi aniqlanadi (Bu holat tug‘ruqdan so‘ng, stresslarda, iqlim o‘zgarganda kelib chiqadi).

Nima uchun hayz kuzatiladi?

Bachadon ichki shilliq qavati uch qavatdan iborat. Odatda ma’lum gormonal o‘zgarishlar natijasida bachadon shilliq qavati kattalashib, tuxum hujayrani biriktirib olishga shay turadi. Agar tuxum hujayra urug‘lanmasa, bachadon ichki qavati “hech narsaga yaramaganligi bois” ko‘chib tusha boshlaydi. Natijada qon ketish kuzatiladi. 20 soatdan so‘ng qon ketish intensivligi pasayadi. Odatda bachadon ichki qavati qayta tiklanishi 36 soatdan keyin kuzatiladi.

hayz kelmasligi

Ma’lumot o‘rnida…

Ayollarda hayz sikli davomiyligi o‘rtacha 21 -31 kunni tashkil qiladi. Odatda hayz sikli 12 — 14 yoshda boshlanadi. Ayrim hollarda qizlarda bu sikl muntazam bo‘lmasligi mumkin. Birinchi tug‘ruqdan so‘ng sikl muntazam ko‘rinishni oladi. Agar hayz kunlari orasidagi o‘zgarish 2-3 kun oldinga yoki 2-3 kun ortga cho‘zilsa, bu hayz sikli buzilganligini bildirmaydi. Agar hayz kunlari orasidagi muddat 40-60 kunni tashkil qilsa yoki 21-25 kunga qisqarsa sikl buzilganligini taxmin qilish mumkin.

Hayz sikli buzilishi xavflimi?

Ko‘pchilik ayollarni shu savol qiynasa kerak? Chunki ayrim ayollar bu masalada shifokorga murojaat qilishga erinishadi. “Yana o‘zi joyiga tushadi!” deb beparvo bo‘lishadi. Shu bois hayz sikli bu­zilishi asoratlariga alohida to‘xtalishga qaror qildik:

  • bepushtlikka olib kelishi mumkin;
  • ish qobiliyatining pasayishi kelib chiqadi;
  • ayrim jiddiy kasalliklarning birlamchi belgisi hayz sikli buzilishi bo‘lishi mumkin;
  • endokrin kasalliklarga olib keladi;
  • erta menopauza boshlanishiga sabab bo‘ladi.

Hayz sikli qaysi ko‘rinishlarda buzilishi mumkin?

  • Ko‘p miqdorda qon ketish;
  • siklning muntazam bo‘lmasligi;
  • hayz sikli davomida kuchli og‘riqlar kuzatilishi;
  • Disfunksional qon ketishlar-bunda jinsiy a’zolar faoliyati buzilmasdan ko‘p miqdorda qon ketadi.
  • Menorragiya – davriy ravishda ko‘p miqdorda qon ketadi (kuniga 100 ml.dan ko‘p).

hayz kam kelishi

  • Metrorragiya – muntazam bo‘lmagan ravishda bachadondan qon ketishi;
  • Polimenorreya — har 21 kunda hayz sikli takrorlanishi;
  • Hayz sikli orasida qon ketishlar;
  • Menopauza davrida qon ketish- menopauzadan so‘ng 1-2 yil davomida qon ketishi.

Hayz sikli nima uchun buziladi?

  • Tashqi omillar – stress, oziqlanish ratsionining o‘zgarishi, iqlim o‘zgarishi;
  • Ichki a’zolar kasalliklari;
  • Tuxumdonlar kasalliklari;
  • Jinsiy gormonlarni ishlab chiqaruvchi gipotalamo-gipofizar tizim nazorati buzilishi;
  • Endometriy (bachadon ichki shilliq qavati) polipi;
  • Bachadonning yallig‘lanish kasalliklari ;
  • Endometrioz kasalligi;
  • Saraton kasalligi;
  • Abortlar va bachadon shilliq qavatini qirdirish;
  • Tuxumdonlarni operatsiya qildirish;
  • Jigar kasalliklari;
  • Qon ivish tizimi kasalliklari;

Medikamentoz – dori-darmonlar ta’sirida kelib chiqadi. Masalan: gormonal dorilar, kortikosteroidlar, antikoagulyantlar, trankvilizatorlar, antidepressantlar, bachadon ichi spirallarining qo‘llanilishi bachadondan qon ketishiga olib keladi.

Hayz sikli buzilishi turlari

Algodismenoreya

Hayz siklining buzilishi bo‘lib, asosan 14-44 yoshda kelib chiqadi. Belgilari: hayz kunlari simillovchi va xurujsimon og‘riqlar qorin pastida kuzatiladi. Shu bilan birga ko‘ngil aynish, qusish, bosh og‘riqlari, ichning suyuq o‘tishi kelib chiqadi.

Dismenoreya

hayz ko‘rish kechikishi

Hayz siklining muddatidan oldin kuzatilishi yoki muddatidan kechroq yuz berishidir. Bu holat ko‘pincha xizmat safarlarida bo‘ladigan ayollarda kelib chiqadi. Iqlim va kun taribining o‘zgarishi ayol organizmiga salbiy ta’sir ziladi.

Oligoamenore

Hayz siklining juda kam kuzatilishi, bepushtlik, tuxumdonlar kattalashishi, tanada tuklar ko‘payishi, tana vaznining ortishi bilan xarakterlanadi. Bu holat tuxumdonlarning kistoz kasalligida kelib chiqadi.

Amenoreya

Hayz sikli buzilishining og‘ir ko‘rinishi hisoblanaib, 6 oy yoki undan ham ko‘proq muddatda hayz sikli kuzatilmaydi. Odatda bu holat homiladorlik, tug‘ruq, menopauza bilan bog‘liq holatda kelib chiqadi. Agar amenoreya 17-18 yoshda hech bir sababsiz kelib chiqsa darhol shifokorga murojaat etish lozim.

Kun tartibi ham hayz sikliga ta’sir qiladimi?

Asabiy zo‘riqishlar, ayollarning ishini o‘z­gartirishi, yashash joyini o‘zgartirishi, yaqin kishisidan judo bo‘­lish, jismoniy zo‘­riqishlar, turli ozdiruvchi par­hezlar, vaznning ortishi yoki vaznning kamayishi hayz siklini buzishi mumkin.

Organizmdagi gormonal o‘zgarishlarga nima sabab bo‘ladi?

Oxirgi yillarda ayollar organizmidagi gormonal o‘zgarishlarga jinsiy hayotning buzilishi (ayollarning xorij safarlarida bo‘lishi, erkaklarning xorij safarlarida uzoq muddat qolib ketishi) va gormonal kontratseptiv vositalarini noto‘g‘ri qo‘llash sa­bab bo‘lmoqda. Ayol boshidan o‘tkazgan har bir abort bepushtlikka, hayz siklining buzilishiga, saraton kasalliklarning rivojlanish xavfining ortishiga olib kelishini unutmaslik lozim.

Qanday tashxis qo‘yiladi?

Ayol tashqi ko‘rinishiga e’tibor berish-bunda ayollarda gormonlar buzilishiga oid belgilar paydo bo‘­ladi. Masalan: qalqonsimon bez kattalashishi, jigar va taloq kattalashishi, teri rangi o‘zgarishi, ayolning asabiy bo‘lib qolishi va b.

Davolashda nimalarga e’tibor berish lozim?

hayz ko‘p kelishi

Davolashda asosiy kasallikni bartaraf etishga e’tibor berilishi lozim. Agar hayz sikli bachadon poliplari ta’sirida buzilgan bo‘lsa, xirurgik davo, yallig‘lanish kasalliklari natijasida buzilish kelib chiqqan bo‘lsa antibiotiklar tayinlanadi. Bundan tashqari:

  • Fizioterapiyaj
  • Immunitetni ko‘taruvchi vositalar;
  • Vitaminlar (asosan A va Ye vitaminlari) ta­yinlanadi.

Ginekologik ko‘rik:

  • Qindan surtma olib tekshirish;
  • Jinsiy a’zolarni UTT tekshirish;
  • Qon tahlili;
  • Qonda gormonlar miqdorini aniqlash;
  • MRT – jinsiy a’zolarni shu usulda tekshirish.

Hayz davrida ovqatlanish ratsion qanday bo‘lishi lozim?

  • Qabul qilinadigan suyuqlik miqdorini kamaytirish lozim;
  • Sut mahsulotlarini ko‘paytirish kerak — tvorog, kefir, sut, smetana.
  • Bu kunlarda tuzlangan karam, oshqovoq, pomidor, tovuq go‘shti, mol jigarini iste’mol qilish ijobiy ta’sir qiladi;
  • Olma, malina, gilos, shpinat. Sanab o‘tilgan ushbu mahsulotlar qon tomirlarning torayishiga va qonning kamroq ketishiga olib keladi.

Mutaxassis: Shahlo Rustamova, shifokor.

Manba: “Bekajon” gazetasi.

Источник: dnk.uz


Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.